← Назад
Решение #579526 Экономические
Определение (об оставлении иска без рассмотрения)
Реквизиты
Стороны
Текст решения
3 996 символов
4-1801-2304/4322-sonli iqtisodiy ish
QARSHI TUMANLARARO IQTISODIY SUDINING
AJRIMI
(Arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida)
2023 yil 20 iyun
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi
A.Olimov kotibligida, arizachi – Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasining, javobgar –
«TASHABBUS ORIGINAL INVEST” MCHJga nisbatan 69923929,3 so‘m miqdorda jarima qo‘llash
to‘g‘risidagi arizasini taraflar vakillarining ishtirokisiz, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sud
binosida, ochiq sud majlisi muhokamasida ko‘rib chiqib, quyidagilarni
aniqladi:
arizachi – Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga
ariza bilan murojaat qilib, javobgar – «TASHABBUS ORIGINAL INVEST” MCHJga nisbatan
69923929,3 so‘m miqdorda jarima qo‘llashni so‘ragan.
Arizachiga arizani ish yurituvga qabul qilish va ishni sud muhokamasaiga tayyorlash
to‘g‘risidagi ajrim elektron shaklda yuborilib, arizachi tomonidan 31 may kuni qabul qilib
olingan bo‘lsa-da, biroq arizachi vakillari sud majlisiga kelmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 128-moddasida, agar sud
iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini
olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ususlda xabardor qilinganligi
to‘g‘risida sud majlisi boshlangunga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli
tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi
hollarda ham sud tomonidan tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar: ajrim
yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd
etilgan bo‘lsa; sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri
(pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi
oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqida aloqa muassasasi
sudni xabardor qilgan bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta
orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan
holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa, tegishli tartibda xabardor qilingan
deb hisoblanishi belgilangan.
Sud ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib, quyidagi asoslarga ko‘ra arizachining arizasini
ko‘rmasdan qoldirishni, sud xarajatlarini arizachidan undirmaslikni lozim topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 107-moddasini birinchi
qismini oltinchi bandida, da’vogar birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz
ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa, da’vo arizani ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lishi
belgilangan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasini birinchi
qismini 12-bandida, davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar
hamda hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar
berganligi uchun iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinganligi belgilangan.
Sud yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda protsessual qonun normalarining talablariga
asoslanib, arizachining vakili sud majlisiga kelmaganligini, sud majlisini o‘zining ishtirokisiz
ko‘rish to‘g‘risida ariza ham taqdim etmaganligini inobatga olib, arizachining arizasini
ko‘rmasdan qoldirishni va arizachini davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligini inobatga olishni
lozim topdi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 107, 118, 195196-moddalarini qo‘llab, sud
a j r i m q i l d i:
arizachi – Qashqadaryo viloyat soliq boshqarmasining, javobgar – «TASHABBUS
ORIGINAL INVEST” MCHJga nisbatan 69923929,3 so‘m miqdorda jarima qo‘llash to‘g‘risidagi
arizasi ko‘rmasdan qoldirilsin.
Arizachini davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligi inobatga olinsin.
Mazkur ajrim ustidan bir oylik muddat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilish
(protest keltirish) mumkin.
Sudya
L.Abdullayev