Реквизиты
Категория Экономические Номер дела 4-1801-2201/3732 Дата решения 05.09.2022 Инстанция Первая инстанция Тип документа Решение Суд Каршинский межрайонный экономический суд Судья Абдуллаев Лутфилло Саъдуллаевич Язык uz
Стороны
Истец / Обвинение ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ ДАВЛАТ СОЛИҚ БОШҚАРМАСИ Ответчик / Подсудимый "QARSHI SANOAT ULGURJI INVEST" масъулияти чекланган жамияти
Source ID 892957 Claim ID 2877602 PDF Hash d2cbc4e8e4f21a57... Загружено 09.04.2026 08:37 PDF PDF решения на сайте ВС ↗
Текст решения Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO IQTISODIY SUDI KARSHI INTER-DISTRICT ECONOMIC COURT 180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A 180108, Karshi, Bog’zor street, 2 A е-mail: i.qarshi@sud.uz Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13 O‘ Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I N O M I D A N HAL QILUV QARORI Qarshi shahri 4-1801-2201/3732-sonli ish Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi H.Absattorovning kotibligida, arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining, javobgar – «QARSHI SANOAT ULGURJI INVEST» mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ishni arizachidan vakil – Sh.Rustamov (2022 yil 14 maydagi 23-37818-sonli ishonchnoma asosida) ishtirokida, Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi binosida, ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni a n i q l a d i: arizachi – Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar – «QARSHI SANOAT ULGURJI INVEST» mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisobvaraqalari bo’yicha operatsiyalarni o’n kundan ko’p bo’lmagan muddatga to’xtatib turishni so’ragan. Sud majlisida ishtirok etgan arizachi vakili arizada keltirilgan vajlarni qo‘llab-quvvatlab, arizani qanoatlantirishni so‘radi. Javobgar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan bo‘lsa-da, sud majlisiga kelmadi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 128-moddasida, agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ususlda xabardor qilinganligi to‘g‘risida sud majlisi boshlangunga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar: ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa; sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqida aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa. Ushbu Kodeksning 220-moddasida, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarizda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqirilishi belgilangan. Sud arizachi vakilining tushuntirishlarini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib, ularga huquqiy baho berib, javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligini inobatga olib, quyidagi asoslarga ko‘ra arizachining talabini qanoatlantirishni lozim topadi. Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, «QARSHI SANOAT ULGURJI INVEST» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisobotlari belgilangan muddatda Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga taqdim qilinmagan. Arizachi tomonidan javobgarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha xabarnoma yuborilgan bo‘lsa-da, biroq xabarnoma javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. Shu sababli taraflar o‘rtasida mazkur nizo kelib chiqqan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasida, soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilishi to‘g‘risida xabarnoma buning sabablarini ko‘rsatgan holda yuboriladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda; soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hudidga yoki binoga (bundan turar joylar mustosno) kirishga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi; soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilida yo‘qligida. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq to‘lovchining (soliq agentining) barcha hisobvaraqlari bo‘yicha barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini anglatadi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgach o‘n kun ichida taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror mas’ul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda ko‘rsatilgan to‘lovlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan banklardagi hisobvaraqlarga tatbiq etilmasligi belgilangan. Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun normalarining talablariga asoslanib sud, arizachining talabini qanoatlantirishni, taraflar huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligini inobatga olishni lozim topdi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 176-179, 220, 221, 222-moddalarini qo‘llab, sud q a r o r q i l d i: arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining ariza talabi qanoatlantirilsin. Javobgar – «QARSHI SANOAT ULGURJI INVEST» mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning (budjetga to‘lovlar, ish haqi, nafaqalar, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida sog‘liq va hayotga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lab beriladigan mablag‘lar bundan mustasno) chiqish qismi soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar to‘xtatilsin. Javobgar – «QARSHI SANOAT ULGURJI INVEST» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘lgan holat bartaraf etilgandan so‘ng Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan yozma ko‘rsatma (qaror)ga asosan hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar tiklanilsin. Mazkur hal qiluv qaror qabul qilingandan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi. Mazkur hal qiluv qarordan norozi tomon o‘n kunlik muddatda apellyatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Sudya L.Abdullayev