← Назад
Решение #789298 Экономические
Определение (о прекращении производства по делу)
Реквизиты
Стороны
Текст решения
Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO
IQTISODIY SUDI
KARSHI INTER-DISTRICT
ECONOMIC COURT
180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A
180108, Karshi, Bog’zor street, 2 A
е-mail: i.qarshi@sud.uz
Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13
AJRIM
(Kelishuv bitimini tasdiqlash va ish yuritishni tugatish to‘g‘risida)
Qarshi shahri
4-1801-2201/1096-sonli ish
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya
yordamchisi H.Absattorov kotibligida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy
boshqarmasining da’vogar – «Mikrokreditbank” ATB manfaatida, javobgar – «Bibiniso”
xususiy kompaniya hisobidan 133.333.330 so‘m kredit mablag‘ini, 2.000.000 so‘m foiz
qarzdorligini undirish, undiruvni javobgarga tegishli bo‘lgan Qarshi shahar, “Qarliqxona”
MFY, Nasaf ko‘chasida joylashgan turar-joy maydoni -0,00 kv.m, umumiy maydoni – 562,06
kv.m, xonalari mavjud bo‘lmagan, qurilishi tugallanmagan, “Xususiy maktabgacha ta’lim
muassasa” binosiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv
qarorni ijro jarayonida taraflar o‘rtasida tuzilgan kelishuv bitimni tasdiqlb berish
to‘g‘risidagi javobgarning arizasini da’vogardan vakil – D.Muzaffarov (2022 yil 2 avgustdagi
01-09/3994-sonli ishonchnoma asosida), javobgardan rahbar – D.Mirsagatova ishtirokida
ishtirokida, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sud binosida, ochiq ochiq sud majlisida ko‘rib
chiqib, quyidagilarni
aniqladi:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi da’vogar –
«Mikrokreditbank” ATB manfaatida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza bilan
murojaat qilib, javobgar – «Bibiniso” xususiy kompaniya hisobidan 133.333.330 so‘m kredit
mablag‘ini, 2.000.000 so‘m foiz qarzdorligini undirish, undiruvni javobgarga tegishli bo‘lgan
Qarshi shahar, “Qarliqxona” MFY, Nasaf ko‘chasida joylashgan, turar-joy maydoni-0,00 kv.m,
umumiy maydoni – 562,06 kv.m, xonalar mavjud bo‘lmagan, qurilishi tugallanmagan
“Xususiy maktabgacha ta’lim muassasa” binosiga qaratib berishni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudining 2022 yil 25 maydagi hal qiluv qarori bilan O‘zbekiston
Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining da’vogar – «Mikrokreditbank” ATB
manfaatida bergan da’vo arizasi qanoatlantirilib, Javobgar – «Bibiniso” xususiy kompaniya
hisobidan da’vogar - «Mikrokreditbank” ATB foydasiga 133.333.330 so‘m kredit mablag‘i,
2.000.000 so‘m foiz qarzdorligi, 21.600 so‘m pochta xarajati, shuningdek respublika
budjetiga 2.706.666,6 so‘m davlat boji undirilgan.
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2022 yil
18 avgustdagi ajrimi bilan javobgarning apellyatsiya shikoyati yuzasidan ish yuritish
tugatilgan.
Sud majlisida ishtirok etgan da’vogar vakili ijro jarayonida javobgar tomonidan
muddati o‘tgan asosiy kredit va foiz qarzdorliklari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganligi
sababli taraflar nizoni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilganligini ma’lum qilib, taraflar
o‘rtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlab berishni so‘radi.
Javobgar rahbari sud majisida ishtirok etib, ijro jarayonida muddati o‘tgan asosiy qarz
va foiz qarzlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganligini ma’lum qilib, kelishuv bitimini
tasdiqlab berishni so‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 130-moddasida, sud
taraflarning kelishuvi uchun choralar ko‘radi, ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning
barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashishi belgilangan.
Ushbu kodeksning 132-moddasiga ko‘ra, kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va
kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Kelishuv
bitimida taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari
haqidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak. Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha
qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga
(harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin emas. Kelishuv bitimida javobgar tomonidan
majburiyatlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan
boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq yoki qisman voz kechish yoxud
qarzni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shartlar va qonunga zid
bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan
kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim
masalalar to‘g‘risida” 2009 yil 18 dekabrdagi 204-sonli qarorning 11-bandida, kelishuv
bitimining mazmuni IPKning 132-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi va uning shartlari
aniq, ravshan bayon qilinishi va uning ijro etilishida kelishu bitimining mazmuni bo‘yicha
har xil talqin qilinishiga va kelgusida nizolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘lishi
kerak. Kelishuv bitimi taraflarning bir-biri oldidagi o‘zaro majburiyatlarining shartlari,
miqdori va bajarish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi to‘g‘risida
tushuntirish berilgan.
Taraflar nizoni o‘zaro kelishuv asosida hal etib, 2022 yil 18 avgustda kelishuv bitimini
imzolangan. Kelishuv bitimiga ko‘ra: javobgar da’vogar oldidagi 99.999.000 so‘m kredit va
kreditga hisoblangan foiz qarzdorligini 2023 yil 17 noyabr kuniga qadar to‘lab berish
majburiyatini o‘z zimmasiga olish sharti asosida rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasida, sud
xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga
mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatilishi belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun normalarining
talablariga asoslanib sud, javobgarning arizasini qanoatlantirishni, taraflar o‘rtasida tuzilgan
kelishuv bitimini ish yurituvga qabul qilishni, kelishuv bitimini: javobgar da’vogar oldidagi
99.999.000 so‘m kredit va kreditga hisoblangan foiz qarzdorligini 2023 yil 17 noyabr kuniga
qadar to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olish sharti asosida tasdiqlashni, sud
xarajatlarini javobgar zimmasiga yuklashni, hal qiluv qarorni va ijro varaqalarni bekor
qilishni, iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni lozim topdi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 110, 118, 132133, 195-196, 199-moddalarini qo‘llab, sud
a j r i m q i l d i:
javobgar – «Bibiniso” xususiy kompaniyasini ariza talabi qanoatlantirilsin.
Taraflar o‘rtasida 2022 yil 18 avgustda rasmiylashtirilgan kelishuv bitimi ish yurituvga
qabul qilinsin.
Taraflar o‘rtasida rasmiylashtirilgan kelishuv bitimi: javobgar da’vogar oldidagi
99.999.000 so‘m kredit va kreditga hisoblangan foiz qarzdorligini 2023 yil 17 noyabr kuniga
qadar to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga olish sharti asosida tasdiqlansin.
javobgar – «Bibiniso” xususiy kompaniya hisobidan respublika budjetiga 2.706.666,6
so‘m davlat boji undirilsin.
Birinchi instansiya sudining 2022 yil 25 maydagi hal qiluv qarori, 23 avgustdagi ijro
varaqalari bekor qilinsin.
Iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritish tugatilsin.
Mazkur ajrim ustidan bir oylik muddat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilish
(protest keltirish) mumkin.
Sudya
L.Abdullayev