← Назад
Решение #793073 Экономические
Решение
Реквизиты
Стороны
Текст решения
Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO
IQTISODIY SUDI
KARSHI INTER-DISTRICT
ECONOMIC COURT
180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A
180108, Karshi, Bog’zor street, 2 A
Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13
е-mail: i.qarshi@sud.uz
2022 yil 25 avgust
Qarshi shahri
4-1801-2201/3359-sonli ish
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi
H.Absattorovning kotibligida, arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining,
javobgar – «TURAYEV XAMZA KARAXANOVICH»
fermer xo‘jaligining bankdagi
hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ishni arizachidan vakil – Sh.Rustamov (2022 yil 14 maydagi 2337818-sonli ishonchnoma asosida) ishtirokida, Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi
binosida, ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni
a n i q l a d i:
arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Qarshi tumanlararo iqtisodiy
sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar – «TURAYEV XAMZA KARAXANOVICH» fermer
xo‘jaligining bankdagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga
to‘xtatib turishni so‘ragan.
Sud majlisida ishtirok etgan arizachi vakili arizada keltirilgan vajlarni
qo‘llab-quvvatlab, arizani qanoatlantirishni so‘radi.
Javobgar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan
bo‘lsa-da, sud majlisiga kelmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 128-moddasida, agar sud
iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini
olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ususlda xabardor qilinganligi
to‘g‘risida sud majlisi boshlangunga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi
tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish
ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarizda xabardor qilingan deb
hisoblanadi, agar: ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va
ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa; sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan
oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan
ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va
bu haqida aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi sud
tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa
aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa.
Ushbu Kodeksning 220-moddasida, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud
majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi.
Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
tegishli tarizda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning
kelishini majburiy deb topmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud
protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi
va sudga chaqirilishi belgilangan.
Sud arizachi vakilining tushuntirishlarini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib,
ularga huquqiy baho berib, javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligini inobatga olib,
quyidagi asoslarga ko‘ra arizachining talabini qanoatlantirishni lozim topadi.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, «TURAYEV XAMZA KARAXANOVICH» fermer xo‘jaligi
tomonidan soliq bo‘yicha soliq hisobotlari belgilangan muddatda Qashqadaryo viloyati Davlat
soliq boshqarmasiga taqdim qilinmagan.
Arizachi tomonidan javobgarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha xabarnoma
yuborilgan bo‘lsa-da, biroq xabarnoma javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. Shu
sababli taraflar o‘rtasida mazkur nizo kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasida, soliq to‘lovchining (soliq
agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi
qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan
muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi
mumkin. Bunda soliq to‘lovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi. Soliq
to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib
turish to‘g‘risida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir
vaqtning o‘zida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga uning
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilishi to‘g‘risida xabarnoma
buning sabablarini ko‘rsatgan holda yuboriladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi
tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq
organi tomonidan mazkur soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari
bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: ushbu soliq to‘lovchi
(soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni
taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;
soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari
bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim
etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim
etilmaganda; soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini
ko‘rsatilgan hudidga yoki binoga (bundan turar joylar mustosno) kirishga to‘sqinlik qilishda.
Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va
tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni
to‘xtatib turadi; soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilida yo‘qligida.
Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning
to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq to‘lovchining (soliq agentining) barcha
hisobvaraqlari bo‘yicha barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini anglatadi. Soliq
to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan soliq
hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgach o‘n kun ichida
taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qaror mas’ul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan guruh barcha
ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning o‘rinbosari)
tomonidan qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi
hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi fuqarolik qonun hujjatlariga
muvofiq birinchi navbatda ko‘rsatilgan to‘lovlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq
undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan banklardagi hisobvaraqlarga tatbiq etilmasligi belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun normalarining
talablariga asoslanib sud, arizachining talabini qanoatlantirishni, taraflar huquqiy ta’sir
choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligini
inobatga olishni lozim topdi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 176-179, 220,
221, 222-moddalarini qo‘llab, sud
q a r o r q i l d i:
arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining ariza talabi
qanoatlantirilsin.
Javobgar – «TURAYEV XAMZA KARAXANOVICH» fermer xo‘jaligining bankdagi
hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning (budjetga to‘lovlar, ish haqi, nafaqalar, shuningdek
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida sog‘liq va hayotga yetkazilgan zararni qoplash
uchun to‘lab beriladigan mablag‘lar bundan mustasno) chiqish qismi soliq hisoboti taqdim
etilgunga qadar to‘xtatilsin.
Javobgar – «TURAYEV XAMZA KARAXANOVICH» fermer xo‘jaligi tomonidan
bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘lgan holat
bartaraf etilgandan so‘ng Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan taqdim
etiladigan yozma ko‘rsatma (qaror)ga asosan hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar
tiklanilsin.
Mazkur hal qiluv qaror qabul qilingandan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga
kiradi.
Mazkur hal qiluv qarordan norozi tomon o‘n kunlik muddatda apellyatsiya tartibida
shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Sudya
L.Abdullayev