← Назад
Решение #793104 Экономические
Решение
Реквизиты
Стороны
Текст решения
Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO
IQTISODIY SUDI
KARSHI INTER-DISTRICT
ECONOMIC COURT
180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A
180108, Karshi, Bog’zor street, 2 A
Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13
е-mail: i.qarshi@sud.uz
2022 yil 25 avgust
Qarshi shahri
4-1801-2201/3349-sonli ish
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi
H.Absattorovning kotibligida, arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining,
javobgar – «JUMAYEV BEHRUZ» fermer xo‘jaligining bankdagi hisobvaraqalari bo‘yicha
operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ishni
arizachidan vakil – Sh.Rustamov (2022 yil 14 maydagi 23-37818-sonli ishonchnoma asosida)
ishtirokida, Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi binosida, ochiq sayyor sud majlisida ko‘rib
chiqib, quyidagilarni
a n i q l a d i:
arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga
ariza bilan murojaat qilib, javobgar – «JUMAYEV BEHRUZ» fermer xo‘jaligining bankdagi
hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turishni so‘ragan.
Sud majlisida ishtirok etgan arizachi vakili arizada keltirilgan vajlarni
qo‘llabquvvatlab, arizani qanoatlantirishni so‘radi.
Javobgar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan
bo‘lsada, sud majlisiga kelmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 128-moddasida, agar sud
iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini
olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ususlda xabardor qilinganligi to‘g‘risida
sud majlisi boshlangunga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarizda
xabardor qilingan deb hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda
ham sud tomonidan tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar: ajrim yo‘llangan
shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa; sud
tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili),
fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan
manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqida aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan
bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor
qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan
e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa.
Ushbu Kodeksning 220-moddasida, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining
vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud
arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilish
majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarizda xabardor
qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan
bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud protsessining boshqa ishtirokchilari
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqirilishi belgilangan.
Sud arizachi vakilining tushuntirishlarini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib, ularga
huquqiy baho berib, javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligini inobatga olib, quyidagi
asoslarga ko‘ra arizachining talabini qanoatlantirishni lozim topadi.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, «JUMAYEV BEHRUZ» fermer xo‘jaligi tomonidan soliq bo‘yicha
soliq hisobotlari belgilangan muddatda Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasiga taqdim
qilinmagan.
Arizachi tomonidan javobgarga soliq hisobotlarini taqdim etish bo‘yicha xabarnoma
yuborilgan bo‘lsa-da, biroq xabarnoma javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. Shu sababli
taraflar o‘rtasida mazkur nizo kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasida, soliq to‘lovchining (soliq
agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror
soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga
qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining
iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchining (soliq
agentining) bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga
qadar to‘xtatib turiladi. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka
yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida soliq organi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga uning
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilishi to‘g‘risida xabarnoma buning
sabablarini ko‘rsatgan holda yuboriladi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning
bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur
soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun
quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin: ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq
organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan
muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda; soliq to‘lovchi (soliq agenti)
tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga
tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq
to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; soliq tekshiruvini
o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hudidga yoki binoga
(bundan turar joylar mustosno) kirishga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining
kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi
hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi; soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi
ko‘rsatgan manzilida yo‘qligida. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq
bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq to‘lovchining (soliq
agentining) barcha hisobvaraqlari bo‘yicha barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini
anglatadi. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan
soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgach o‘n kun ichida
taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qaror mas’ul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan guruh barcha
ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan
qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq bo‘yicha
operatsiyalarning to‘xtatib turilishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda
ko‘rsatilgan to‘lovlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan
banklardagi hisobvaraqlarga tatbiq etilmasligi belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun normalarining
talablariga asoslanib sud, arizachining talabini qanoatlantirishni, taraflar huquqiy ta’sir
choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligini inobatga
olishni lozim topdi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 176-179, 220, 221,
222-moddalarini qo‘llab, sud
q a r o r q i l d i:
arizachi - Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasining ariza talabi qanoatlantirilsin.
Javobgar – «JUMAYEV BEHRUZ» fermer xo‘jaligining bankdagi hisobvaraq bo‘yicha
operatsiyalarning (budjetga to‘lovlar, ish haqi, nafaqalar, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz
hodisa oqibatida sog‘liq va hayotga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lab beriladigan
mablag‘lar bundan mustasno) chiqish qismi soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar to‘xtatilsin.
Javobgar – «JUMAYEV BEHRUZ» fermer xo‘jaligi tomonidan bankdagi hisobvaraqlar
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘lgan holat bartaraf etilgandan so‘ng
Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan yozma ko‘rsatma
(qaror)ga asosan hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar tiklanilsin.
Mazkur hal qiluv qaror qabul qilingandan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
Mazkur hal qiluv qarordan norozi tomon o‘n kunlik muddatda apellyatsiya tartibida
shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
L.Abdullayev