← Назад
Решение #793604 Экономические
Решение
Реквизиты
Стороны
Текст решения
Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO
IQTISODIY SUDI
KARSHI INTER-DISTRICT
ECONOMIC COURT
180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A
180108, Karshi, Bogzor street, 2 A
е-mail: i.qarshi@sud.uz
Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
H A L Q I L U V Q A R O R I
Qarshi shahri
4-1801-2201/3113-sonli ish
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi
H.Absattorov kotibligida, da’vogar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish
qo‘mitasining Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasining, javobgar – «Qarshi yog‘ekstraksiya” AJ, qo‘shimcha javobgar – «PRIMEBURY TRADE LLP” MCHJ, nizoning predmetiga
nisbatan mustaqil talablar bilan ariz qilmaydigan uchinchi shaxs – «O‘zbekiston Respublikasi
tovar-xom ashyo birjasi” AJga nisbatan javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ hisobidan
O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini budjetdan tashqari
Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga 33.284.500 so‘m asossiz daromadni va
ushbu daromadga nisbatan hisoblangan 6.656.900 so‘m jarima undirish hamda javobgar –
«Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ va qo‘shimcha javobgar – «PRIMEBURY TRADE LLP” MCHJ
o‘rtasida birja savdolari natijasida tuzilgan 2022 yil 6 iyundagi 5511633-sonli, 5511634-sonli,
5511613-sonli, 5511614-sonli, 2022 yil 7 iyundagi 5516903-sonli, 5516902-sonli, 5516930sonli, 5516932-sonli, 5516933-sonli, 5516931-sonli shrot va sheluxa mahsulotlarini (forvard)
bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasini da’vogardan vakillar – A.Oripov,
M.Hamrayev, M.Majidov (2022 yil 23 avgustdagi 01/09-2823-sonli ishonchnoma asosida),
javobgardan vakillar – I.Tangirov, F.Mamasharipov (2022 yil 25 avgustdagi 199-sonli
ishonchnoma asosida), qo‘shimcha javobgardan – S.Aloyev (2022 yil 25 avgustdagi RT-25/12sonli ishonchnoma asosida) ishtirokida, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sud binosida, ochiq sud
majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni
aniqladi:
da’vogar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining
Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza
bilan murojaat qilib, javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ, qo‘shimcha javobgar –
«PRIMEBURY TRADE LLP” MCHJ, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan ariz
qilmaydigan uchinchi shaxs – «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJga nisbatan
javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ hisobidan O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga
qarshi kurashish qo‘mitasini budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish
jamg‘armasiga 33.284.500 so‘m asossiz daromadni va ushbu daromadga nisbatan hisoblangan
6.656.900 so‘m jarima undirish hamda javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ va qo‘shimcha
javobgar – «PRIMEBURY TRADE LLP” MCHJ o‘rtasida birja savdolari natijasida tuzilgan 2022
yil 6 iyundagi 5511633-sonli, 5511634-sonli, 5511613-sonli, 5511614-sonli, 2022 yil 7
iyundagi 5516903-sonli, 5516902-sonli, 5516930-sonli, 5516932-sonli, 5516933-sonli,
5516931-sonli shrot va sheluxa mahsulotlarini (forvard) bitimlarni haqiqiy emas deb topishni
so‘ragan.
Sud majlisida ishtirok etgan da’vogar vakillari da’vo arizaga keltirilgan vajlarni qo‘llabquvvatlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2019 yil 15 maydagi 402-sonli qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda faoliyat
yurituvchi, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan subektlar tomonidan birja
savdolari orqali sotilgan yuqori likvidli mahsulotlar bo‘yicha o‘rganish va tahlillar
o‘tkazilganligini, «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ tomonidan taqdim
etilgan ma’lumotlarga asosan «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ tomonidan birja savdolariga
qo‘yilgan yuqori va monopol mahsulotlar, ya’ni o‘simlik (paxta) yog‘i, paxta shroti va paxta
sheluxa mahsulotini tasdiqlangan jadvallarda kunlik nazarda tutilgan muddatlarda va
hajmlarga nomuvofiq qo‘yilganlik holatlari aniqlanganligini, jumladan 2022 yil 6 iyun kuni
tasdiqlangan jadvalda kunlik 20 tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga qo‘ylishi
belgilanganligini, amalda 520 tonna qo‘yilganligini, 500 tonna paxta shrot mahsuloti birja
savdolariga ko‘p qo‘yilganligini, 7 iyun kuni tasdiqlangan jadvalda kunlik 20 tonna paxta shrot
mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi belgilanganligini, amalda 1010 tonna qo‘yilganligini, 990
tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga ko‘p qo‘yilganligini, 6 iyun kuni 5511633-sonli
shartnoma asosida 250 tonna, 5511634-sonli shartnoma asosida 250 tonna, jami 500 tonna
paxta shrot mahsuloti birja savdolariga sotilganligini, 7 iyun kuni 5516930-sonli shartnoma
asosida 250 tonna, 5516931-sonli shartnoma asosida 250 tonna, 5516932-sonli shartnoma
asosida 250 tonna, 5516933-sonli shartnoma asosida 250 tonna, jami 1000 tonna paxta shrot
mahsuloti birja savdolariga sotilganligini, 6 iyun kuni bir tonna paxta shrot mahsuloti birja
savdolariga boshlang‘ich narxi 2950 ming so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha birja narxi 3070,1 ming
so‘mdan sotilganligini, 7 iyun kuni bir tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga
boshlang‘ich narxi 2900 ming so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha birja narxi 3015 ming so‘mdan
sotilganligini, 6 iyun kuni tasdiqlangan jadvalda kunlik 20 tonna paxta sheluxa mahsuloti birja
savdolariga qo‘yilishi belgilanib, amalda 470 tonna qo‘yilganligini, 450 tonna paxta sheluxa
mahsuloti birja savdolariga ko‘p qo‘yilganligini, 7 iyun kuni tasdiqlangan jadvalda kunlik 20
tonna paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi belgilanib, amalda 360 tonna
qo‘yilganligini, 340 tonna paxta sheluxa mahsulotlari birja savdolariga ko‘p qo‘yilganligini, 6
iyun kuni bir tonna paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich narxi 2400 ming
so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha birja narxi 2523.3 ming so‘mdan sotilganligini, 7 iyun kuni bir tonna
paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich 2400 ming so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha
birja narxi 2514.3 ming so‘mdan sotilganligini, 6 iyun kuni 5511613-sonli shartnoma asosida
200 tonna, 5511614-sonli shartnoma asosida 250 tonna, jami 450 tonna paxta sheluxa
mahsuloti birja savdolariga sotilganligini, 7 iyun kuni 5516902-sonli shartnoma asosida 150
tonna, 5516903-sonli shartnoma asosida 200 tonna, jami 350 tonna paxta sheluxa mahsuloti
birja savdolariga sotilganligini, ortiqcha qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha jadvallar ishlab
chiqilmaganligini va birja veb saytiga joylashtirilmaganligini, bu esa 2022 yil iyun oyida
tasdiqlangan jadvalga nomuvofiq qo‘yilganligini, birja savdolariga qo‘yilgan o‘simlik yog‘i va
paxta sheluxa mahsulotlarini
8-13 iyun kunlarida tegishli jadvallarda nazarda tutilgan
muddatlar va hajmlarda qo‘yilmaganligi natijasida mahsulotni birja savdosiga qo‘yishning
oxirgi sanasida shakillangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi
o‘rtasidagi, jami besh holatda 33284,5 ming so‘m tafovut olinganligini ma’lum qilib, da’vo
talablarini qanoatlantirishni so‘radi.
Javobgar vakili sud majlisida ishtirok etib, jamiyatning bank krediti bo‘yicha muddati
kelgan qarzdorligini, soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzdorligini hamda ish haqi bo‘yicha
qarzdorligini to‘lash zarur bo‘lganligini, ish haqi qarzdorligi bo‘yicha xodimlar tomonidan
keskin noroziliklar kelib chiqishi holatlari yuzaga kelganligini, ushbu kechiktirib bo‘lmaydigan
to‘lovlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lari zarur bo‘lganligi sababli rejadan ko‘p
miqdorda mahsulotlar birja savdolariga qo‘yib sotishga majbur bo‘lganligini hamda birja
savdosiga mahsulotni qo‘yishga garov summasi yetmaganligi sababli birja savdolariga
jadvaldagi hajimlardan kam miqdorda o‘simlik yog‘i, paxta shrot va paxta sheluxa mahsuloti
qo‘yib sotilganligini ma’lum qilib, da’vo talablarini rad etishni so‘radi.
Qo‘shimcha javobgar vakili sud majlisida ishtirok etib, mahsulotlar birja savdolari asosida
sotib olinganligini, mablag‘lar qaytarilsa olingan mahsulotlar qaytarib berilishni ma’lum qilib,
da’vogarning da’vo talablarini rad etishni so‘radi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan ariz qilmaydigan uchinchi shaxs –
«O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida
tegishli ravishda xabardor qilingan bo‘lsa-da, sud majlisiga kelmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 128-moddasida, agar sud
iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini
olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ususlda xabardor qilinganligi to‘g‘risida
sud majlisi boshlangunga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarizda
xabardor qilingan deb hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi
hollarda ham sud tomonidan tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar: ajrim
yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd
etilgan bo‘lsa; sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan yeri
(pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi
oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqida aloqa muassasasi
sudni xabardor qilgan bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta
orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan
holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa, tegishli tartibda xabardor qilingan
deb hisoblanishi belgilangan.
Sud taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib,
ularga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vogarning da’vo talablarini
qanoatlantirishni, ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan sud xarajatlarini javobgar zimmasiga
yuklashni lozim topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida, majburiyat – fuqarolik
huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga
muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur
bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega
bo‘ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda
ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqishi belgilangan.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 15 maydagi 402-sonli qarorning 15-bandi talablari ijrosini
ta’minlash maqsadida viloyatda faoliyat yurituvchi, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni
egallab turgan subektlar tomonidan birja savdolari orqali sotilgan yuqori likvidli mahsulotlar
bo‘yicha o‘rganish va tahlillar o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan o‘rganish va tahlil jarayonida, «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ tomonidan birja
savdolariga qo‘yilgan yuqori va monopol mahsulotlar, ya’ni o‘simlik (paxta) yog‘i, paxta shroti
va paxta sheluxa mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarda kunlik nazarda tutilgan muddatlarda
va hajmlarga nomuvofiq qo‘yilganlik holatlari aniqlangan.
Jumladan, 2022 yil 6 iyun kuni tasdiqlangan jadvalda kunlik 20 tonna paxta shrot
mahsuloti birja savdolariga qo‘ylishi belgilangan bo‘lsa-da, amalda 520 tonna qo‘yilib,
500 tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga ko‘p qo‘yilganligi, 7 iyun kuni tasdiqlangan
jadvalda kunlik 20 tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi belgilangan bo‘lsada, amalda 1010 tonna qo‘yilib, 990 tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga ko‘p
qo‘yilgan. Shuningdek, 2022 yil 6 iyun kuni 5511633-sonli shartnoma asosida 250 tonna,
5511634-sonli shartnoma asosida 250 tonna, jami 500 tonna paxta shrot mahsulotlari birja
savdolariga sotilganligi, 7 iyun kuni 5516930-sonli shartnoma asosida 250 tonna, 5516931sonli shartnoma asosida 250 tonna, 5516932-sonli shartnoma asosida 250 tonna, 5516933sonli shartnoma asosida 250 tonna, jami 1000 tonna paxta shrot mahsulotlari birja savdolariga
sotilganligi,
6 iyun kuni bir tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga
boshlang‘ich narxi 2950 ming so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha birja narxi 3070,1 ming so‘mdan
sotilganligi, 7 iyun kuni bir tonna paxta shrot mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich narxi
2900 ming so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha birja narxi 3015 ming so‘mdan sotilganligi, 6 iyun kuni
tasdiqlangan jadvalda kunlik 20 tonna paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi
belgilangan bo‘lsa-da, amalda 470 tonna qo‘yilib, 450 tonna ko‘p qo‘yilganligi, 7 iyun kuni
tasdiqlangan jadvalda kunlik 20 tonna paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi
belgilagan bo‘lsa-da, amalda 360 tonna qo‘yilib, 340 ko‘p qo‘yilganligi, 6 iyun kuni bir tonna
paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich narxi 2400 ming so‘mdan qo‘yilib,
o‘rtacha birja narxi 2523.3 ming so‘mdan sotilganligi, 7 iyun kuni bir tonna paxta sheluxa
mahsuloti birja savdolariga boshlang‘ich
2400 ming so‘mdan qo‘yilib, o‘rtacha birja
narxi 2514.3 ming so‘mdan sotilganligi, 6 iyun kuni 5511613-sonli shartnoma asosida 200
tonna, 5511614-sonli shartnoma asosida 250 tnna, jami
450 tonna paxta sheluxa
mahsuloti birja savdolariga sotilganligi, 7 iyun kuni 5516902-sonli shartnoma asosida 150
tonna, 5516903-sonli shartnoma asosida 200 tonna, jami 350 tnna paxta sheluxa mahsuloti
birja savdolariga sotilganligi, ushbu ortiqcha qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha jadvallar ishlab
chiqilmaganligi va birja veb saytiga joylashtirilmaganligi, bu esa 2022 yil iyun oyida
tasdiqlangan jadvalga nomuvofiq qo‘yilganligi, shuningdek 2022 yil iyun oyida tasdiqlangan
jadval asosida 13 iyun kuni birja savdolariga o‘simlik yog‘ini qo‘yish hajmi 5 tonna belgilangan
bo‘lsa-da, amalda 4 tonn qo‘yilib, 1 tonna kam qo‘yilganligi, 13 iyunda o‘tkazilgan birja
savdosida 4 tonna o‘simlik yog‘ mahsuloti qo‘yilib, 1 tonnasini o‘rtacha sotish narxi 20220,0
ming so‘m sotilganligi, 10 iyunda o‘tkazilgan birja savdosida 1 tonna o‘simlik yog‘ mahsulotini
sotish narxi 20054,0 ming so‘mni tashkil qilib, natijada 166,0 (20220-20054=166,0) ming so‘m
tafovut, 8 iyun kuni 20 tonna paxta shirot mahsulotini birja savdolariga qo‘yilishi belgilangan
bo‘lsa-da, amalda 10 tonna qo‘yilib, 10 tonna mahsulot qo‘yilmaganligi, 9 iyunda o‘tkazilgan
birja savdolarida 20 tonna paxta shrot mahsuloti qo‘yilib, 1 tonnasini o‘rtacha sotish narxi
4301,1 ming so‘mga sotilganligi, 7 iyun kuni o‘tkazilgan birja savdolarida 1 tonna paxta shrot
mahsulotini o‘rtacha sotish narxi 3015,0 ming so‘mni tashkil qilib, natijada 1286.1
(4301.1-3015=1286,1) ming so‘m tafovut, 13 iyunda kunlik jadval asosida 20 tonna paxta shrot
mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi belgilangan bo‘lsa-da, amalda 5 tonna qo‘yilib, 15 tonna
paxta shrot mahsulotlari birja savdolariga kam qo‘yilganligi, 1 tonnasini o‘rtacha sotilish narxi
4304.0 ming sotilganligi, 10 iyunda o‘tkazilgan birja savdosida 1 tonna paxta shrotini o‘rtacha
sotilish narxi 4345.0 ming so‘mni tashkil qilib, 41.0 (4304.0-4345=41,0) ming so‘mga
o‘sganligi, savdolarga qo‘yilmagan 15 tonna hajmiga ko‘paytirilganda 615,0 ming so‘m tafovut,
8 iyunda jadvalga asosan 20 tonna paxta sheluxa mahsuloti birja savdolariga qo‘yilishi
belgilangan bo‘lsa-da, amalda 10 tonna qo‘yilib, 10 tonna mahsulot qo‘yilmaganligi, 7 iyun kuni
o‘tkazilgan birja savdosida 1 tonna paxta sheluxa mahsuloti o‘rtacha sotilish narxi 2514,3 ming
so‘mga sotilganligi, 13 iyunda o‘tkazilgan birja savdosida 1 tonna paxta sheluxa mahsulotini
o‘rtacha sotilish narxi 3300,0 ming so‘mni tashkil qilganligi, 787,7 (3300-2514.3=787,7) ming
so‘m narxlar o‘rtasida tafovutni tashkil qilib, natijada 8 iyun kuni birja savdosida qo‘yilmagan
10 tonna hajimdagi paxta sheluxasiga ko‘paytirilganda 7857,0 ming so‘m tafovut, 13 iyunda
jadvalga asosan 20 tonna paxta sheluxa mahsuloti qo‘yilib, 1 tonnasini o‘rtacha sotish narxi
3300.0 ming so‘m sotilganligi, 7 iyun kuni o‘tkazilgan birja savdosida 1 tonna paxta sheluxa
mahsulotini o‘rtacha sotish narxi 2514,3 ming so‘mni tashkil qilib, 785,7(3300,02514,3=785,7)ming tafovut bo‘lib, narx 131,2 foizga o‘sib, natijada narxlar tafovuti 785,7 ming
so‘m, 13 iyun kuni birja savdolariga qo‘yilmagan 15 tonna hajimdagi paxta sheluxasiga
ko‘paytirilganda 11785,5 ming so‘m tafovut, javobgar tomonidan 8-13 iyun kunlari tegishli
jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmaganligi natijasida mahsulotni
birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakillangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi
oldingi savdolar birja narxi o‘rtasidagi, jami besh holatda 33284,5 ming so‘m tafovut
aniqlangan.
Tekshirish yakuni bo‘yicha 2022 yil 15 iyunda 05-10/49-sonli qaror qabul qilinib,
qarorda ko‘rsatilgan holatlarni ijrosini ta’minlash maqsadida javobgarga ko‘rsatma yuborilgan.
Biroq javobgar tomonidan ko‘rsatmaga qayd etilgan holat, ya’ni 33.284.500 so‘m tafovut bir oy
muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni
rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining hisob raqamlariga ixtiyoriy o‘tkazib
berilmagan. Shu sababli taraflar o‘rtasida mazkur nizo kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasida, qonunchilikning
talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq
asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga
nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar
qo‘llanilishi belgilangan.
“Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasini birinchi
qismida, birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi
mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan: birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir
ko‘rsatadigan harakatlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno; birja
savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining
keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan harakatlar; birja savdolarida
talabning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan
bog‘liq harakatlar taqiqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan
monopoliyaga qarshi talablarning buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan
bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga
ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil
rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 18 martdagi 170-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi
mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bandini ikkinchi xat boshiga ko‘ra,
sotuvchilar savdo kunlari bo‘yicha teng qo‘yishni hisobga olgan holda, yuqori likvidli va (yoki)
monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va
prognozlar asosida qo‘yish hamda ishlab chiqarish hajimlaridan kelib chiqqan holda, qo‘yish
jadvallarini mustaqil ishlab chiqi va tasdiqlaydi hamda ularni birja rasmiy veb-saytida kelgusi
oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish
organiga taqdim etishi qayd etilgan.
Uchinchi xat boshiga ko‘ra, monopoliyaga qarshi kurashish organi sotuvchilarga
yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar ko‘rsatkichlari, shuningdek. normativhuquqiy hujjatlarda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, mahsulotni birja savdolariga
qo‘yish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish haqida bajarilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar berishga haqli.
Shuningdek, Nizomning 30-bandida, birja narxlarining o‘tgan savdolarga nisbatan keskin
oshishi, talab yoki taklifning jiddiy nomutanosibligi kuzatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi
kurashi organi narxlarning oshish sabablarini va manipulyatsiya alomatlari mavjudligini
o‘rganishi belgilangan.
Nizomning 311-bandida, birja ishtirokchilari quyidagi qasddan qilingan har qanday
harakatlari manipulyatsiya deb hisoblanadi va ularni amalga oshirish taqiqlanadi: birjada
sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni
yetkazib berish shartlariga sun’iy ravishda ta’sir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til
biriktirishlar orqali asossiz foyda olish, muayyan ishtirokchilarga savdolarda qatnashish uchun
imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, axborotdan foydalanish orqali boshqa
ishtirokchilarga mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, birja narxining keskin
ko‘tarilishi, qat’iy belgilanishi yoki bir darajada ushlab turish; Internet, OAV va boshqa
kommunikatsiya kanallarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yolg‘on
ma’lumotlar tarqatish; birja shartnomasi bo‘yicha yirik, ya’ni barcha xaridorlarga savdolarda
teng qatnashish imkoniyatini cheklaydigan lotlar belgilash; bir xil mahsulotlar sotuvchilari
tomonidan belgilangan shartlardan sezlarli darajada farq qiladigan asossiz to‘lov va yetkazib
berish muddatlari hamda alohida shartlar kiritish; birja rasmiy veb-saytiga savdoga qo‘yish
jadvallarini joylashtirmaslik; birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini chegaralovchi alohida
shartlarni ko‘rsatish; mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallarida ularning hajimlarini forvard
va spot shartnomalari bo‘yicha asossiz ravishda nomuvofiq qo‘yish; forvard shartnomasi
bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish; savdoga qo‘yish
jadvallarida belgilangan hajimlardan kam miqdorda mahsulotlarni savdoga qo‘yish; savdo
jarayonida muayyan birja ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilar narx taklifiga nisbatan
noodatiy ravishda tafovuti yirik bo‘lgan narx taklifini berish va buning natijasida savdolar
tugagunga qadar buyurtmani o‘chirish yoki tuzilgan bitimni asossiz ravishda jarimani
to‘lamagan holda bekor qilish; mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallariga nisbatan nomuvofiq
qo‘yish; qonunchilik hujjatlariga asosan narxlari tartibga solinadigan mahsulotlarning
boshlang‘ich narxlari shakillantirishda belgilangan tartiblarga rioya qilmaslik; boshlangan
narxlarni belgilashda monopol yuqori narx qo‘llash; birja shartnomasi bo‘yicha bekor qilingan
muayyan xaridor ishtirokidagi bitim narxining ushbu birja shartnomasi bo‘yicha aynan o‘sha
xaridor ishtirokida keyingi ikki amalga oshgan savdodagi bitimlarning minimal narxlaridan
pastligi; yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning birja savdosida sotilmay qolgan
qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish orqali mahsulotlarni savdolarga qo‘yish
hajimlarini qisqartirish; yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni tegishli jadvallarda
nazarda tutilgan muddatlarda va hajimlarda savdoga qo‘ymaslik; yuqori likvidli va (yoki)
monopol turdagi mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish; mahsulotlarni
muqobil transport turida yuklab jo‘natish imkoniyati bo‘la turib, asossiz ravishda muayyan
transport turi orqali yuklab jo‘natish ko‘zda tutilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘yish; birjada
tuzilgan bitim va shartnomalarni asossiz yoki muntazam ravishda jarimalar qo‘llanmasdan
bekor qilish; mahsulotni yuklab jo‘natish navbati bo‘yicha ketma-ketlikka amal qilmaslik
manipulyatsiya deb hisoblanishi qayd etilgan.
javobgar tomonidan 2022 yil 6 iyundagi 5511633-sonli, 5511634-sonli, 5511613-sonli,
5511614-sonli, 2022 yil 7 iyundagi 5516903-sonli, 5516902-sonli, 5516930-sonli, 5516932sonli, 5516933-sonli, 5516931-sonli (forvard) bitimlar asosida sotilgan shrot va sheluxa
mahsulotlarini birja savdolariga sotilish grafiklari monopoliyaga qarshi kurashish organiga
yuborilmagan, birja rasmiy veb-sayitida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin
joylashtirilmagan hamda yuqori likvidli va monopol mahsulotlar tegishli jadvallarda nazarda
tutilgan hajimlarda savdolarga qo‘yilmagan.
Bunday holatda, javobgar va qo‘shimcha javobgar o‘rtasida birja savdolariga tasdiqlangan
jadvalga nomuvofiq qo‘yib sotilgan mahsulotlar yuzasidan rasmiylashtirilgan forvard bitimlar
o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikassi Vazirlar Mahkamasining “Tovar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga
solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010 yil 28 oktabrdagi 239-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni
shakillantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini
davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 39-bandini birinchi xat
boshida, tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari birja savdolariga tegishli jadvallarda
nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qo‘yilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subektdan
tovarni birja savdosiga qo‘yishning oxirgi sanasida shakillangan birja narxi bilan uning
ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi o‘rtasidagi tafovut, xo‘jalik yurituvchi subekt
tomonidan oxirgi savdolarga qo‘yilgan tovarning hajmiga ko‘paytirilgan mablag‘lar olib
qo‘yilishi qayd etilgan.
Shuningdek, ikkinchi xat boshida, birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan eksportga sotish faktlari aniqlanganda,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining
boshlang‘ich narxi o‘rtasidagi tafovutga ko‘paytirish orqali hisoblangan mablag‘lar olib
qo‘yilishi qayd etilgan.
Ushbu Nizomning 49-bandida, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan, shuningdek
nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan tekshirish va o‘rganish materiallari asosida ushbu
Nizom talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomning 37-41-bandlariga muvofiq
qaytarilishi, olib qo‘yilishi kerak bo‘lgan mablag‘larning 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda
jarima qo‘llaniladi, aynan o‘sha qoida buzish jarima qo‘llanilgandan keyin ikki yil mobaynida
takroran aniqlanganda esa – 20 foizidan 50 foizigacha miqdorida jarima qo‘llaniladi, alkogolli
mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-belgilangan narxlardan past
narxlarda sotish hollari bundan mustasnoligi qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 74-moddasini birinchi
qismida, sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal
qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi
bo‘yicha baho berishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasida, sud
xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga
mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatilishi belgilangan.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasini
19-qismida, bir vaqtning o‘zida mulkiy va nomulkiy xususiyatgatga ega bo‘lgan da’vo arizalar
uchun mulkiy xususiyatdagi da’vo arizalar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha va nomulkiy
xususiyatga ega da’vo arizalar uchun belgilangan stavkalarga ko‘ra, har bir talab bo‘yicha
alohida-alohida davlat boji to‘lanishi belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun talablariga
asoslanib sud, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni, javobgar hisobidan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga
ko‘maklashish jamg‘armasiga 33.284.500 so‘m asossiz daromad(tafovut)ni hamda ushbu
daromadga nisbatan hisoblangan 6.656.900 so‘m jarimani, 24.000 so‘m pochta xarajatini
undirishni, shuningdek javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ va qo‘shimcha javobgar –
«PRIMEBURY TRADE LLP” MCHJ o‘rtasida birja savdolari natijasida tuzilgan 2022 yil
6 iyundagi 5511633-sonli, 5511634-sonli, 5511613-sonli, 5511614-sonli, 2022 yil
7 iyundagi 5516903-sonli, 5516902-sonli, 5516930-sonli, 5516932-sonli, 5516933-sonli,
5516931-sonli (forvard) bitimlarni haqiqiy emas deb topishni, da’vo talablari bo‘yicha
respublika budjetiga 30.798.828 (798.828+30.000.000=30.798.828) so‘m davlat boji
undirishni lozim topdi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 74, 118, 176, 179180-moddalarini qo‘llab, sud
q a r o r q i l d i:
da’vogar – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining
Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasining da’vo talablari qanoatlantirilsin.
Javobgar - «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ hisobidan Monopoliyaga qarshi kurashish
qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga
33.284.500 so‘m asossiz daromad(tafovut) hamda ushbu daromadga nisbatan hisoblangan
6.656.900 so‘m jarima, 24.000 so‘m pochta xarajati undirilsin.
Javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ va qo‘shimcha javobgar – «PRIMEBURY TRADE
LLP” MCHJ o‘rtasida birja savdolari natijasida tuzilgan 2022 yil 6 iyundagi 5511633-sonli,
5511634-sonli, 5511613-sonli, 5511614-sonli, 2022 yil 7 iyundagi 5516903-sonli, 5516902sonli, 5516930-sonli, 5516932-sonli, 5516933-sonli, 5516931-sonli (forvard) bitimlar haqiqiy
emas deb topilsin.
Javobgar – «Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ hisobidan respublika budjetiga 30.798.828 so‘m
davlat boji undirilsin.
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng ijro varaqalar berilsin.
Mazkur hal qiluv qaror ustidan bir oylik muddat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat
qilish (protest keltirish) mumkin.
Sudya
L.Abdullayev