Реквизиты
Категория Экономические Номер дела 4-1801-2201/2793 Дата решения 08.08.2022 Инстанция Первая инстанция Тип документа Решение Суд Каршинский межрайонный экономический суд Судья Абдуллаев Лутфилло Саъдуллаевич Язык uz
Стороны
Истец / Обвинение "Агро саноат қурилиш" масъулияти чекланган жамияти Ответчик / Подсудимый ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ ДАВЛАТ СОЛИҚ БОШҚАРМАСИ
Source ID 889870 Claim ID 2833938 PDF Hash dd39c548fa9533bc... Загружено 09.04.2026 08:37 PDF PDF решения на сайте ВС ↗
Текст решения Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO IQTISODIY SUDI KARSHI INTER-DISTRICT ECONOMIC COURT 180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A 180108, Karshi, Bog’zor street, 2 A Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13 е-mail: i.qarshi@sud.uz O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN H A L Q I L U V Q A R O R I Qarshi shahri 4-1801-2201/2793-sonli ish Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi H.Absattorov kotibligida, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining da’vogar – «Argon sanoat qurilish” MCHJ manfaatida, javobgar – Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasiga nisbatan 58.320.265 so‘m penyani noqonuniy deb topish va ushbu penya summasini jamiyat hisobidan olib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasini Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasidan vakil – Sh.Mirzayev (2022 yil 1 avgustdagi 01/232-sonli ishonchnoma asosida), da’vogardan rahbar – Sh.Aminov, javobgardan vakil – B.Amirqulov ishtirokida, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sud binosida, ochiq sud majlisi muhokamsaida ko‘rib chiqib, quyidagilarni aniqladi: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi da’vogar – «Argon sanoat qurilish” MCHJ manfaatida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar – Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasiga nisbatan 58.320.265 so‘m penyani noqonuniy deb topib, ushbu penya summasini jamiyat hisobidan olib tashlashni so‘ragan. Sud majlisida ishtirok etgan da’vogar rahbari da’vo arizaga keltirilgan vajlarni qo‘llabquvvatlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi muljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “Suv ta’minot va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK viloyat hududiy boshqarmasi bilan jamiyat o‘rtasida qiymati 4.579.110.358 so‘mlik ishlarni bajarish bo‘yicha 2019 yil 1 aprelda 11-KV-sonli shartnoma rasmiylashtirilganligini, shartnoma asosida Mirishkor tumani, “Do‘stlik” MFY hududida ichimlik suvi tarmog‘i qurilib, rekonstruksiya ishlari bajarilganligini, bajarilgan ishlar qiymati 4.478.577.632 so‘mni tashkil etishini, “Buyurtmachi” tomonidan 315.419.737 so‘m asosiy qarz, shuningdek 208.157.895 so‘m besh foizlik kafolat mablag‘i, jami 523.577.632 so‘m mablag‘lar vaqtida to‘lab berilmaganligini, to‘lab berilmagan mablag‘larga nisbatan soliq idoralari tomonidan 69.000.000 so‘m miqdorda penya hisoblanganligini ma’lum qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi. Javobgar vakili sud majlisida ishtirok etib, da’vogar shartnoma asosida bajarilgan ishlari bo‘yicha soliq idoralariga hisobotlar taqdim qilganligini, taqdim qilingan hisobotlar asosida jamiyatga nisbatan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblanganligini, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha “Buyurtmachi” tomonidan vaqtida to‘lanmagan mablag‘lar uchun soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lash to‘xtatilmasligini ma’lum qilib, da’vogarning da’vo talabini rad etishni so‘radi. Sud taraflarning ko‘rsatmalarini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib, ularga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishni, ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan sud xarajatlarini da’vogar zimmasiga yuklashni lozim topadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida, majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan haraatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqishi belgilangan. Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasining 2019 yilgi muljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish choratadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “Suv ta’minot va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK viloyat hududiy boshqarmasi va «Argon sanoat qurilish” MCHJ o‘rtasida qiymati 4.579.110.358 so‘mlik ishlarni bajarish bo‘yicha 2019 yil 1 aprelda 11-KV-sonli shartnoma rasmiylashtirilgan. Shartnoma asosida da’vogar tomonidan Mirishkor tumani, “Do‘stlik” MFY hududida ichimlik suvi tarmog‘i qurilib, 4.478.577.632 so‘mlik ishlar bajarilgan. “Suv ta’minot va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha 4.163.157.895 so‘m to‘lov amalga oshirilib, qolgan 315.419.737 so‘mlik bajarilgan ishlar qiymati va ikki yillik kafolat davri uchun ushlab qolingan 208.157.895 so‘m mablag‘, jami 523.577.632 so‘m miqdordagi bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 110-moddasini birinchi qismida, soliq to‘lovchi soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda to‘lashi lozim bo‘lgan pul summasi penyadir. Ushbu moddaning ikkinchi qismida, tegishli penyalarning summasi to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalaridan tashqari va soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatning bajarilishini ta’minlashga doir boshqa choralar, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qullanilishidan qat’i nazar to‘lanishi belgilangan. Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko‘ra penyalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan soliqni to‘lash kunidan keyingi kundan boshlab soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun hisoblanadi. Da’vogar tomonidan shartnoma asosida bajarilgan ishlar yuzasidan soliq organiga hisobotlarni taqdim etilishi natijasida olingan daromadlariga nisbatan soliq organi tomonidan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblangan. Bunday holatda, hisoblangan penyani noqonuni deb topib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 26-moddasida, iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar tarkibi belgilangan. Biroq da’vogarning soliq organlari tomonidan hisoblangan penyani jamiyat hisobidan olib tashlash to‘g‘risidagi da’vo talabi iqtisodiy sudlar tomonidan hal etiladigan nizolar tarkibiga kiritilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 67-moddasida, isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillar to‘plash, tadqiq etish, tekshirish va baholashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 74-moddasini birinchi qismida, sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho berishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasini yettinchi qismida, davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi belgilangan. Yuqorda qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun normalari talablariga asoslanib sud, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishni, da’vogardan respublika budjetiga 1.166.405,3 so‘m davlat boji undirishni lozim topdi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 72, 75, 118, 176, 179-moddalarini qo‘llab, sud q a r o r q i l d i: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining da’vogar – «Argon sanoat qurilish” MCHJ manfaatida bergan da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilsin. da’vogar – «Argon sanoat qurilish” MCHJ hisobidan respublika budjetiga 1.166.405,3 so‘m davlat boji undirilsin. Hal qiluv qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddat o‘tgach, qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng ijro varaqa berilsin. Mazkur hal qiluv qaror ustidan bir oylik muddat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Sudya L.Abdullayev