← Назад
Решение #804334 Экономические
Определение (о прекращении производства по делу)
Реквизиты
Стороны
Текст решения
Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO
IQTISODIY SUDI
KARSHI INTER-DISTRICT
ECONOMIC COURT
180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A
180108, Karshi, Bog’zor street, 2 A
Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13
е-mail: i.qarshi@sud.uz
AJRIM
(Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida)
Qarshi shahri
4-1801-2201/2896-sonli ish
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi
A.Olimovning kotibligida, arizachi - Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasining, javobgar –
«Primov Faxriddin Jamilovich» fermer xo’jaligining bankdagi hisobvaraqalari bo‘yicha
operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ishni
arizachi vakili – B.Sultonov (2022 yil 3 avgustdagi 23-07252-sonli ishonchnoma asosida)
ishtirokida, Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi binosida, ochiq sayyor sud majlisida
ko‘rib chiqib, quyidagilarni
aniqladi:
arizachi - Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga
ariza bilan murojaat qilib, javobgar – «Primov Faxriddin Jamilovich» fermer xo’jaligining
bankdagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib
turishni so‘ragan.
Sud majlisida ishtirok etgan arizachi vakili sudga arizadan voz kechish to‘g‘risida ariza
bilan murojaat qilib, javobgar «Primov Faxriddin Jamilovich» fermer xo’jaligining bankdagi
hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi arizasi soliq organlarining elektron bazasida texnik xatolik sababli, ikki
marotaba shakllantirib yuborilganligini ma’lum qilib, arizani qanoatlantirishni so‘radi.
Javobgar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilingan
bo‘lsa-da, sud majlisiga kelmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 128-moddasida, agar sud
iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasini
olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ususlda xabardor qilinganligi
to‘g‘risida sud majlisi boshlangunga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi
tegishli tarizda xabardor qilingan deb hisoblanadi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish
ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarizda xabardor qilingan deb
hisoblanadi, agar: ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va
ushbu rad etish qayd etilgan bo‘lsa; sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan
oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan
ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan
va bu haqida aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan bo‘lsa; ajrimning ko‘chirma nusxasi
sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa
aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch kun o‘tgan bo‘lsa,
tegishli tartibda xabardor qilingan deb hisoblanishi belgilangan.
Sud arizachi vakilining tushuntirishlarini tinglab, arizachining arizadan voz kechish
to‘g‘risidagi arizasini ish yurituvga qabul qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra da’vo talabi bo‘yicha
ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 110-moddasni birinchi
qismini oltinchi bandida, da’vogar da’vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa, ish
yuritishni tugatishga asos bo‘lishligi belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan holatga va protsessual qonun normasining talabiga asoslanib
sud, arizachining da’vodan voz kechish to‘g‘risidagi arizasini ish yurituvga qabul qilishni,
da’vo talabi bo‘yicha ish yuritishni tugatishni, taraflar huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligini inobatga olishnini lozim
topdi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 110,
195-196-moddalarini qo‘llab, sud
ajrim qildi:
arizachi – Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasining 2022 yil 3 avgustdagi
23-7252-sonli arizasi ish yurituvga qabul qilinsin.
Arizachi – Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasining, javobgar - «Primov Faxriddin
Jamilovich» fermer xo’jaligining bankdagi hisobvaraqalari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n
kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ish yuritish tugatilsin.
Mazkur ajrim ustidan bir oylik muddatda apellyatsiya tartibida shikoyat berish
(protest keltirish) mumkin.
L.Abdullayev