Реквизиты
Категория Экономические Номер дела 4-1801-2201/1792 Дата решения 29.07.2022 Инстанция Первая инстанция Тип документа Решение Суд Каршинский межрайонный экономический суд Судья Абдуллаев Лутфилло Саъдуллаевич Язык uz
Стороны
Истец / Обвинение "ХОЛИЕРОВ АБДУСАЛОМ" фермер хўжалиги Ответчик / Подсудимый "NISHON KLASTER TEXXIZMAT MTP" масъулияти чекланган жамияти
Source ID 884839 Claim ID 2810496 PDF Hash f7ab4d3ee9328f2f... Загружено 09.04.2026 08:37 PDF PDF решения на сайте ВС ↗
Текст решения Оригинал (узб.)
QARSHI TUMANLARARO IQTISODIY SUDI KARSHI INTER-DISTRICT ECONOMIC COURT 180108, Qarshi shahri, Bog’zor ko‘chasi, 2 A 180108, Karshi, Bogzor street, 2 A е-mail: i.qarshi@sud.uz Tel: (+99875) 227-11-73, Fax: (+99875) 227-04-13 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN H A L Q I L U V Q A R O R I Qarshi shahri 4-1801-2201/1792-sonli ish Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi L.Abdullayev raisligida, sudya yordamchisi A.Olimov kotibligida, Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining da’vogar – «Xoliyarov Abdusalom” fermer xo‘jaligi manfaatida, javobgar - «Nishon klaster texxizmat MTP” MCHJdan 3.350.239 so‘m asosiy qarz, 1.675.119 so‘m penya, 24.000 so‘m pochta xarajatini undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini javobgardan vakil – Sh.Achilov (2022 yil 25 iyuldagi 408-sonli ishonchnoma asosida) ishtirokida, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sud binosida, ochiq ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni aniqladi: Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi da’vogar – «Xoliyarov Abdusalom” fermer xo‘jaligi manfaatida Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar - «Nishon klaster texxizmat MTP” MCHJdan 3.350.239 so‘m asosiy qarz, 1.675.119 so‘m penya, 24.000 so‘m pochta xarajatini undirib berishni so‘ragan. Sud majlisida tanaffus e’lon qilinguniga qadar da’vogar rahbari va Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi vakili ishtirok etib, da’vo arizada keltirgan vajlarni qo‘llab-quvvatlab, taraflar o‘rtasida 2020 yil 28 dekabrda 729-sonli fyucheris shartnoma tuzilganligini, shartnoma asosida javobgarga 2021 yil hosilidan 70 ga yer maydonidan davlat standartlari bo‘yicha boshoqli don yetishtirib berish majburiyatini olganligini, javobgar esa boshoqli don urug‘i bilan ta’minlash, yetishtirilgan mahsulotlarni qabul qilib olish va haqini to‘lash majburiyatini olganligini, shartnoma asosida boshoqli don mahsulotlari yetkazib berilganligini, biroq javobgar topshirilgan mahsulot qiymatidan asossiz 3.350.239 so‘m mablag‘ni g‘alla tozalash xarajatlari uchun ushlab qolganligini ma’lum qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi. Javobgar vakili sud majlisida ishtirok etib, taraflar o‘rtasida rasmiylashtirilgan shartnomada boshoqli ekinlar donini normativ ko‘rsatkichlargacha quritish va tozalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda kelishilgan tariflar bo‘yicha da’vogar tomonidan haq to‘lash qayd etilganligini, shu sababli 3.350.239 so‘m mablag‘ ushlab qolinganligini, ushbu mablag‘ni ushlab qolish maqsadida da’vogarga hisobvaraq-faktura taqdim qilinganligini, hisobvaraq-faktura da’vogar tomonidan tasdiqlab berilganligini, fermer xo‘jaliklaridan qabul qilib olingan boshoqli don mahsulotlari “Dunyo-M” AJga topshirilishini, topshirilgan mahsulotlar qiymatidan tozalash, saralash xizmatlari uchun «Nishon klaster texxizmat MTP” MCHJdan haq ushlab qolinganligini ma’lum qilib, da’vo talablarini rad etishni so‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 172-moddasini to‘rtinchi qismida, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tanaffus e’lon qilingunga qadar sud majlisida hozir bo‘lganligidan yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarizda xabardor qilingan hisoblanadi hamda ularning tanaffus tugagandan keyin sud majlisiga kelmaganligi sud majlisini davom ettirishga to‘sqinlik qilmasligi belgilangan. Sud taraflarning ko‘rsatmalarini tinglab, ishdagi mavjud hujjatlarni o‘rganib, ularga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida, majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan haraatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 465-moddasida, kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun banday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga – tayyorlovchiga shartlashgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilga muddatda belgilangan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini olishi belgilangan. Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, taraflar o‘rtasida 2020 yil 28 dekabrda 729-sonli boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnom tuzilgan. Shartnoma asosida da’vogar javobgarga 70 ga yer maydonidan davlat standarti bo‘yicha, jami 172,9 tn. boshoqli don mahsulotlarini yetkazib berish, javobgar esa da’vogarni boshoqli don urug‘i bilan ta’minlash, yetishtirilgan mahsulotni qabul qilib olish va uning haqini to‘lash majburiyatini olgan. Shartnoma asosida da’vogar tomonidan javobgarga mahsulotlar yetkazib berilgan. Shuningdek, javobgar qabul qilib olingan mahsulotlar qiymati bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirib, topshirilgan mahsulotlar qiymatidan 3.350.239 so‘m mablag‘ni tozalash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar haqi uchun ushlab qolgan. Shu sababli taraflar o‘rtasida mazkur nizo kelib chiqqan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 67-moddasida, isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tadqiq etish, tekshirish va baholashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 68-moddasini birinchi qismida, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’trozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerakligi belgilangan. Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 2.3-bandini “g” kichik bandida, tayyorlovchi tomonidan boshoqli ekinlar donini normativ ko‘rsatkichlargacha quritish va tozalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan taqdirda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bilan kelishilgan tariflar bo‘yicha haq to‘lashni xo‘jalikdan talab qilishga haqliligi qayd qilingan. Da’vogar tomonidan topshirilgan boshoqli don ekinlarini tozalash bo‘yicha javobgar tomonidan xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu holat taraflar o‘rtasida tuzilgan 2021 yil 30 iyundagi 1 sonli hisobvaraq-fakturada o‘z tasdig‘ini topgan. Bunday holatda da’vogarning da’vo talablarini asosli deb bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 72-moddasida, qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emasligi belgilangan. Ushbu Kodeksning 74-moddasini birinchi qismida, sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho berishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasida, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatilishi belgilangan. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasini birinchi qismini 18-bandida, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikas, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan iqtisodiy sudlarda davlat boji to‘lashdan ozod qilinganligi belgilangan. Yuqorida qayd etilgan holatlarga hamda moddiy va protsessual qonun normalari talablariga asoslanib sud, da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etishni, da’vogar davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligini inobatga olib, da’vogardan davlat bojini undirmaslikni lozim topdi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 110, 72, 75, 118, 176, 179-180-moddalarini qo‘llab, sud q a r o r q i l d i: Nishon tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining da’vogar – «Xoliyarov Abdusalom” fermer xo‘jaligi manfaatida bergan da’vo ariza talablarini qanoatlantirish rad etilsin. Da’vogarning davlat boji to‘lovidan ozod qilinganligi inobatga olinsin. Mazkur hal qiluv qaror ustidan bir oylik muddat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Sudya L.Abdullayev